IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISHNING YOSHLAR PSIXOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar psixologiyasi, stress, xavotir, depressiya, o‘z-o‘zini baholash, emotsional holat, psixologik ta’sir.Abstract
Anotatsiya. Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning yoshlar psixologik holatiga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirlari tahlil qilinadi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib, ularning muloqot uslubi, dunyoqarashi va hissiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari foydalanish natijasida yuzaga keladigan psixologik muammolar, jumladan, stress, xavotir, depressiv holatlar va o‘z-o‘zini baholashning pasayishi masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlari - axborot almashinuvi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va shaxslararo aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni ham ko‘rib chiqiladi. Yoshlarning psixologik barqarorligini saqlashda ijtimoiy tarmoqlardan ongli va me’yorida foydalanish muhim omil ekanligi ta’kidlanadi. Ushbu maqola psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni kengaytirishga va zamonaviy psixologik muammolarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
References
1.G‘oziev E.G‘. Psixologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 210-235-betlar.
2.Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 145-168-betlar.
3.Davletshin M.G‘. Yosh davrlari psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 120-142-betlar.
4.Nuriddinova D.X. Zamonaviy psixologik muammolar. Toshkent: Ilm ziyo, 2020. 88-110-betlar.
5.Abdurahmonov A.A. Shaxs va jamiyat psixologiyasi. Toshkent: Akademnashr, 2021. 95-118-betlar.
6.Xolmatova S.B. Raqamli muhit va yoshlar psixologiyasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. 60-84-betlar.