YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIDA ZIYOLILAR MAS’ULIYATI VA INTELLEKTUAL SALOHIYATNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Authors

  • Radjapov Odilbek Babanazarovich Author
  • Ozodova Onagul Umidbek qizi Author

Abstract

Insonning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetukligi asosan uning ziyolilik darajasi bilan belgilanadi. Bu jarayon esa insonni o‘zligini bilishga bo‘lgan intilish davomida to‘plagan kundalik va ilmiy darajasidan kelib chiqadigan nazariy bilimlar va amaliy tajribalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuningdek bu jarayonda har bir insonni ziyolilik darajasi o‘zining muhim xususiyatlari bilan ham alohida ajralib turadi. Chunki ba’zi bir insonlarning kasbi, mutaxassisligi, ixtisoslik darajasi va turmush tarzi bir-biriga yaqin bo‘lganligi bilan ularni ziyolilik darajasi turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Bizga ma’lumki ba’zi bir insonlarda voqelikni idrok qilish darajasi o‘zining tezligi va aniqligi bilan alohida ajralib tursa, boshqalarniki esa sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni asta-sekin o‘zlashtirish va tahlil qilish, lekin to‘g‘ri qat’iy xulosa chiqarish bilan xarakterlanadi. Bu fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, “ziyolilik” intellektual faoliyatning amaliy ifodasi hisoblanadi. Shu boisdan ham B.R.Isoqov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Ziyolilik tamoyiliga hukmron- ma’muriy doiralar va xalq tomonidan o‘ziga xos munosabatlar mavjud. Chunonchi, birinchi toifadagilar ko‘p hollarda ziyolilikka umumiy tarzda ijobiy munosabatda bo‘ladilar, lekin masala muayyan ziyoli shaxslarga borib taqalganda, manfaatlar to‘qnashuvi ro‘y beradi: ziyolilar hukmronlar toifasidan ziyolilik tamoyili asosida yashash va ish yuritishni talab qiladilar, bu esa ularga, tabiiyki, yoqmaydi, buni hokimiyat ishlariga aralashish deb ijirg‘anadilar, turli bahonalar topib, zimdan ziyolilarga qarshi kurashadilar”(1.84). Shu boisdan ham bu davrda fidoiy ziyolilarimiz millat, manfaat uchun qayg‘urib boy tariximizni, ulkan milliy ma’naviyatimiz unsurlarini imkon doirasida yoshlar ongiga yetkazishga xarakat qildilar. Shunday bo‘lsada hali tariximiz, o‘z milliy o‘tmishimiz haqida yetarli ma’lumotlarni o‘rganmagan, o‘rgana olmagan edik. Faqat O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingina o‘zbek xalqi ma’naviy rivojlanish yo‘liga qaytdi.

References

1. Isoqov B.R. Ziyolilik mas’uliyati.- T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 2007.-84 b.

2. Siddiqov I.B. Yoshlar intellektual madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari.// Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -Toshkent.: 2020. -B.12.

3. Gudkov L., Dubin B. Intelligensiya. - M., 1995. - 18-b.

Published

2026-02-28

How to Cite

Radjapov Odilbek Babanazarovich, & Ozodova Onagul Umidbek qizi. (2026). YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIDA ZIYOLILAR MAS’ULIYATI VA INTELLEKTUAL SALOHIYATNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 52(1), 92-95. http://journalss.org/index.php/trt/article/view/20484