KUTUBXONA — MA’NAVIYAT MASKANI
Abstract
Insoniyat taraqqiyoti tarixida bilim va ma’naviyatni saqlash hamda avloddan-avlodga yetkazishning eng asosiy manbai bu — kitob, uning eng sodiq xonadoni esa kutubxonadir. Kutubxona — bu shunchaki kitoblar to‘plami emas, balki ma’naviyat, ilm-fan va madaniyat o‘chog‘idir. U yerdan nafaqat bilim, balki ruhiy poklik, fikrlash qobiliyati va hayotga yangicha qarash topiladi.Kutubxonalar inson ma’naviyatini shakllantiruvchi muhim ijtimoiy institutlardan biridir. Kitobxonlik madaniyati rivojlangan jamiyatda ma’naviyat ham yuqori bo‘ladi. Har bir kitob inson tafakkurini charxlaydi, uni ezgulik sari yetaklaydi. Shu bois kutubxonalar yosh avlodni tarbiyalashda, ularni ongli, vatanparvar va ziyrak qilib voyaga yetkazishda beqiyos o‘rin tutadi. Bugungi kunda kutubxonalar o‘zining an’anaviy shakli bilan bir qatorda, zamonaviy ko‘rinishga ham ega bo‘lmoqda. Elektron kutubxonalar, raqamli resurslar, audio va video kitoblar bularning barchasi yoshlarni kitobga bo‘lgan mehrini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.Kutubxona — bu sokinlik makoni. U yerda har bir inson o‘zini fikr, tafakkur, izlanish olamida topadi. Maktab kutubxonalaridan tortib, milliy kutubxonagacha bo‘lgan barcha ilm maskanlari insonni komillik sari yetaklaydi.
References
1. “Tamaddun ” jurnali 26.02.2023yil.
2. Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi.
3. Internet sahifalari.