MA'RIFATPARVAR AJDODLARIMIZ

Authors

  • Yuldasheva Dilfuza Author

Abstract

Buyuk Ahmad Muhammad Ubayd (“O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati”, 1993-yil 23-iyul) bergan yangi maʼlumotga ko‘ra, Muhammadsharif So‘fizoda o‘z tarjimai holida: “Men 1880-yilning 29 yanvar kunida Chust shahridagi ko‘nchigarlik jamoasida tug‘ilganman”, - deydi. Uning shaxsiy ishidagi savol varaqasida berilgan maʼlumot ham shuni tasdiqlaydi. Unda: “So‘fizoda 1880-yilda kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan, maʼlumoti o‘rta, asosiy kasbi o‘qituvchilik, qilib turgan vazifasi va ishi shoirlik bo‘lib, oilasi 8 jondan iborat”, deb ko‘rsatilgan.

Muhammadsharif So‘fizodaning adabiyotga ixlosi erta uyg‘onadi. U onasining xohishiga ko‘ra, qo‘shnisi Manzura otindan xat-savod o‘rganib, eski maktabda taʼlim oladi. Zukko va xushovoz Manzura otin aytgan ertak, doston va qo‘shiqlar yosh Muhammadsharifda adabiyotga bo‘lgan havasini uyg‘otadi. U Hofiz, Bedil, Navoiy, Muqimiy, Furqat kabi allomalar ijodini chuqur o‘zlashtirib, sheʼrlar mashq qila boshlaydi. Toshkentda chiqadigan “Turkiston viloyatining gazeti” kabi Qozon, Orenburg va Boqchasaroyda chiqadigan nashrlar bilan qiziqadi. Boku va Tiflisda chop etilgan ozar tilidagi asarlarni ham mutolaa qiladi.

1893-1899-yillarda Muhammadsharif So‘fizoda Qo‘qonda yashab, Muqimiy, Furqat taʼsirida “Vahshiy” taxallusi bilan hajviy asarlar yozadi Uning “Dakanang”, “Bedanang”, “Ayting bu so‘zimni”, “O‘pay”, “G‘ubor dardu olam” kabi hajviy va lirik g‘azallari eʼtiborga loyiq. Biroq, hali Muqimiy hajviyasi zarbidan qutulib ulgurmagan zamona hokimlari yosh Muhammadsharifning keskin tanqidiga qarshi hujum boshlaydilar. Oqibatda, u 1899-yili Qo‘qondan Chustga qaytib keladi. Oradan ikki yil o‘tgach, uni amir-amaldorlar dahriylikda ayblab, qatl etishga hukm chiqaradilar.

References

1.Аbduаzizоvа N. Mа`nаviyat sаrchаshmаlаridа “Jаhоn аdаbiyoti jurnаli, T. 1998. №7.

2.Аbdug`аfurоv А. Furqаtning siyosiy publitsistikаsi. “O`zbеk tili vа аdаbiyoti” jurnаli. 1974, № 4.

3.Jаdidchilik: islоhоt, yangilаnish, mustаqillik vа tаrаqqiyot uchun kurаsh. T., 1999.

4.Jаlоlоv А., O`zgаnbоyеv Х. O`zbеk mа`rifаtpаrvаrlik аdаbiyotining tаrаqqiyotidа vаqtli mаtbuоtning o`rni. (“Turkistоn vilоyatining gаzеti”, “Tаrаqqiy”, “Sаmаrqаnd”, “Sаdоi Turkistоn” kunnоmаlаri аsоsidа)T., Fаn. 1993.

5.Zахiriddin Muhаmmаd Bоbur. Bоburnоmа. T., “Yulduzchа” nаshriyoti. 1989.

6.Ziyo Sаid. O`zbеk vаqtli mаtbuоti tаriхigа mаtеriаllаr. Tаnlаngаn аsаrlаr. T., 1974.

7.Kаttаbоyеv А. O`zbеkistоn kitоb nаshri tаriхigа dоir. “O`zbеkistоn ijtimоiy fаnlаr” jurnаli. 1998, № 2, 43-45 bеtlаr.

.

Published

2025-09-10

How to Cite

Yuldasheva Dilfuza. (2025). MA’RIFATPARVAR AJDODLARIMIZ. Ustozlar Uchun, 79(1), 43-48. http://journalss.org/index.php/ust/article/view/709