XAMMURAPI QONUNLARI – QADIMGI HUQUQ TIZIMINING ASOSI
Keywords:
Xammurapi, Bobil, oila, savdo-sotiq, mol-mulk, XVIII asr, Mesopotamiya, struktura, prolog, epilog, kodifikatsiya, jinoiy, legitimatsiya, konstruksiya, tirxatum, sherektum, qasr, saroy, ibodatxona.Abstract
ushbu maqolada qadimgi Sharq svilizatsiyalaridan biri bo‘lgan Bobil podsholigi davrida shakllangan Xammurapi qonunlari tizimi har tomonlama tahlil qilinadi. Xammurapi qonunlari insoniyat tarixidagi eng qadimgi yozma huquqiy manbalardan biri sifatida jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, adolatni ta‘minlash va davlat hokimiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin egallagan. Maqolada qonunlarni yaratilishi, ularning tuzilishi, asosiy mazmunihamda huquqiy normalarining ijtimoiy qatlam bo‘yicha qo‘llanish xususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek jinoyat va jazo, mulk munosabatlari, oila va nikoh, mehnat hamda sud tizimiga oid normalar misolida Xammurapi qonunlarining qadimgi jamiyat hayotidagi amaliy ahamiyati ochib beriladi. Maqola qadimgi huquq tarixi davlatchilik va jamiyat taraqqiyotini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.