MUBORAK GAZNI QAYTA ISHLASH KORXONASINING BIOLOGIC XILMA-XILLIKGA TA’SIRINI BAHOLASH VA MUHOFAZA QILISH CHORA-TADBIRLARI

Authors

  • Farxodova Mohina Shuxrat qizi Author

Keywords:

Biologik xilma-xillik, gazni qayta ishlash korxonasi, ekologik ta’sir, antropogen omillar, flora va fauna, ekologik monitoring, bioindikatsiya, muhofaza chora-tadbirlari, barqaror rivojlanish.

Abstract

Ushbu tezisda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak gazni qayta ishlash korxonasining atrof-muhitga, xususan, hududning biologik xilma-xilligiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida korxona faoliyati natijasida yuzaga keladigan antropogen omillarning mahalliy flora va fauna holatiga ta’siri baholanib, biologik xilma-xillik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi aniqlangan. Ekologik monitoring, bioindikatsiya va geografik axborot tizimlari asosida olingan natijalar sanoat hududlariga yaqin joylarda biologik xilma-xillikning pasayish tendensiyasini ko‘rsatdi. Shuningdek, mavjud ekologik muhofaza chora-tadbirlarining samaradorligi tahlil qilinib, biologik xilma-xillikni saqlash va antropogen bosimni kamaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Published

2026-02-04

How to Cite

MUBORAK GAZNI QAYTA ISHLASH KORXONASINING BIOLOGIC XILMA-XILLIKGA TA’SIRINI BAHOLASH VA MUHOFAZA QILISH CHORA-TADBIRLARI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 4(1), 114-119. http://journalss.org/index.php/zam/article/view/17664