UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI BAHOLASH TIZIMLARI: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY YUTUQLAR
Keywords:
PISA (Programme for International Student Assessment) dasturi 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matematik va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini, shuningdek, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan xalqaro tadqiqot dasturidir. Ushbu tadqiqot o‘quvchilarning egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatini aniqlashga xizmat qiladi. Har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladigan PISA tadqiqoti mamlakatlarga ta’lim tizimidagi yutuq va muammolar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar berib, ta’lim siyosatini takomillashtirish uchun muhim axborot manbai hisoblanadi.Abstract
Davlatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida izchil va jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorlik salohiyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi, shuningdek, Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA – International Association for the Evaluation of Educational Achievement) bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi muhim amaliy qadam sifatida e’tirof etiladi.