OQARTIRISH (BLEACHING) JARAYONINING TISH TO‘QIMALARIGA TA’SIRI VA XAVFSIZ QO‘LLASH USULLARI

Authors

  • Rafiqov Diyorbek Bekzodjon oʻgʻli Author
  • Madaminova Nilufarxon Sardorbek qizi Author

Keywords:

oqartirish, bleaching, tish emali, dentin, peroksid, estetik stomatologiya, sezuvchanlik, xavfsizlik

Abstract

Ushbu maqolada tishlarni oqartirish (bleaching) jarayonining stomatologik amaliyotdagi roli, uning tish to‘qimalariga ta’siri va xavfsiz qo‘llash usullari ilmiy jihatdan yoritib beriladi. Oqartirish zamonaviy estetik stomatologiyaning eng keng tarqalgan muolajalaridan biri bo‘lib, bemorlar orasida chiroyli va sog‘lom tabassumga erishish maqsadida mashhur hisoblanadi. Tish oqartirish jarayoni asosan emal va dentin qatlamidagi pigmentlarni kimyoviy moddalarning ta’siri bilan parchalanishi natijasida amalga oshiriladi. Ammo noto‘g‘ri qo‘llash, ortiqcha tez-tez oqartirish yoki kuchli konsentratsiyadagi moddalarni ishlatish emalga zarar yetkazishi, sezuvchanlikni kuchaytirishi va milk yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Maqolada shuningdek, xavfsiz oqartirish usullari, tish emalini himoya qilish choralarini qo‘llash, professional stomatolog nazorati ostida muolaja olib borishning ahamiyati ta’kidlanadi. Ushbu maqola stomatologiya yo‘nalishi talabalari va bemorlarga oqartirish muolajalarining afzalliklari va xavflarini tushunishga yordam beradi.

Published

2026-02-11

How to Cite

OQARTIRISH (BLEACHING) JARAYONINING TISH TO‘QIMALARIGA TA’SIRI VA XAVFSIZ QO‘LLASH USULLARI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 4(1), 216-221. http://journalss.org/index.php/zam/article/view/18600