ISPAN VA O’ZBEK TILLARIDA ZAMON-ASPEKT TIZIMINING TIPOLOGIK FARQLARI
Keywords:
zamon-aspekt kategoriyasi, fe’l tizimi, tipologik tahlil, ispan tili, o‘zbek tili, aspektual ma’no, grammatiklashuv.Abstract
Mazkur tezisda ispan va o‘zbek tillarida zamon-aspekt kategoriyasining tipologik xususiyatlari qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda har ikkala tilning fe’l tizimida zamon va aspekt munosabatlarining ifodalanish usullari, ularning grammatiklashuv darajasi hamda funksional yuklamasi tahlil qilinadi. Ispan tilida zamon-aspekt tizimining morfologik jihatdan rivojlanganligi va fe’l shakllari orqali aniq kodlanishi, o‘zbek tilida esa aspektual ma’nolarning asosan analitik vositalar va leksik-grammatik birliklar yordamida ifodalanishi aniqlanadi. Shuningdek, harakatning davomiyligi, tugallanganligi va takroriyligi kabi semantik jihatlarning ifodalanishidagi tipologik tafovutlar yoritiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, tipologiya hamda chet tillarni o‘qitish metodikasida nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.