SURUNKALI IS GAZI TA’SIRIDA YUZAGA KELGAN YO‘G‘ON ICHAK O‘ZGARISHLARINI FARMAKOLOGIK KORREKSIYA QILISHNING MORFOLOGIK BAHOSI

Authors

  • Xalikova Nigina Ravshanovna Author

Keywords:

yo‘g‘on ichak, is gazi, surunkali gipoksiya, farmakologik korreksiya, morfologiya, kriptalar, bokalsimon hujayralar, mikrosirkulyatsiya.

Abstract

Mazkur tadqiqotda surunkali is gazi ta’siri natijasida yo‘g‘on ichak devorida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar va ularni farmakologik vositalar yordamida korreksiya qilish samaradorligi o‘rganildi. Gistologik va morfometrik tahlillar orqali shilliq qavat holati, ichak kriptalari tuzilishi, epiteliy balandligi, bokalsimon hujayralar soni, shilliq osti qavatdagi mikrosirkulyatsiya va mushak qavati qalinligi baholandi. Surunkali CO ta’sirida distrofik va atrofik jarayonlar, interstitsial shish hamda tomirlar kengayishi aniqlangan bo‘lsa, farmakologik korreksiya fonida epiteliy regeneratsiyasi faollashgani, kriptalar strukturasi tiklangani va mikrosirkulyator o‘zan holati yaxshilangani kuzatildi. Olingan natijalar qo‘llanilgan farmakologik vositaning yo‘g‘on ichakning trofikasi va bar’yer funksiyasini tiklashda samarali ekanligini ko‘rsatadi.

Published

2026-02-18

How to Cite

SURUNKALI IS GAZI TA’SIRIDA YUZAGA KELGAN YO‘G‘ON ICHAK O‘ZGARISHLARINI FARMAKOLOGIK KORREKSIYA QILISHNING MORFOLOGIK BAHOSI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 4(1), 308-312. http://journalss.org/index.php/zam/article/view/19231