O‘QUVCHILARNING NEYROPEDAGOGIK XUSUSIYATLARI VA BILISH JARAYONLARINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
neyropedagogika, bilish jarayonlari, miya faoliyati, kognitiv rivojlanish, individual yondashuv, o‘quvchi shaxsi, xotira, diqqat, tafakkur, ta’lim samaradorligi, miya plastikligi, emotsional omil.Abstract
Mazkur maqolada o‘quvchilarning neyropedagogik xususiyatlari hamda bilish jarayonlarining ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda neyropedagogikaning pedagogika va neyrofanlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilib, o‘quvchilarning bilimlarni qabul qilishi, qayta ishlashi va xotirada saqlash jarayonlari miya faoliyati bilan bog‘liq holda yoritiladi. Shuningdek, individual neyropsixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish zarurati asoslab beriladi. Maqolada bilish jarayonlarini rivojlantirishda emotsional omil, miya plastikligi, jismoniy faollik va tajribaviy faoliyatning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Neyropedagogik yondashuv ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning kognitiv imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishning muhim omili sifatida talqin etiladi.