KORPORATIV MOLIYANING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
korporativ moliya, nazariy asoslar, huquqiy asoslar, moliyaviy boshqaruv, kapital tuzilmasi, dividend siyosati, normativ-huquqiy hujjatlar, moliyaviy barqarorlik.Abstract
Korporativ moliya zamonaviy iqtisodiyotda muhim o‘ringa ega bo‘lgan, korxona va kompaniyalarning moliyaviy faoliyatini o‘rganadigan fan sohasidir. Uning negizida korporatsiyalarning moliyaviy resurslarini boshqarish, optimallashtirish va samarali taqsimlash masalalari yotadi. Korporativ moliya, ayni paytda, biznes qarorlarining moliyaviy natijalarini tahlil qilish, risklarni baholash va minimallashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va moliyaviy barqarorlikka erishish mexanizmlarini o‘z ichiga oladi. Korporativ moliya asoslari, birinchi navbatda, moliyaviy boshqaruv tamoyillari, kapital tuzilmasi, moliyalashtirish manbalari, dividend siyosati va korporativ boshqaruv me'yorlarini o‘z ichiga oladi. Bu asoslar kompaniya yoki korporatsiya faoliyatida strategik qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.