O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI VA UNING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Keywords:
Raqamli iqtisodiyot, Innovatsiya, Elektron tijorat, Raqamli transformatsiya, Sun’iy intellekt, Milliy iqtisodiyot, Kiberxavfsizlik, Axborot texnologiyalariAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning milliy iqtisodiyotga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Hozirgi globallashuv sharoitida raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda yangi biznes modellarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Maqolada raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari - elektron tijorat, raqamli to‘lov tizimlari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar bazasi va davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli transformatsiya jarayonlari, davlat dasturlari va innovatsion rivojlanish strategiyalari orqali iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyatlari yoritib beriladi. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari bilan bir qatorda, kiberxavfsizlik, raqamli tengsizlik va infratuzilma muammolari kabi dolzarb masalalar ham tahlil qilinadi. Maqola natijalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkinligini ko‘rsatadi.