PEDAGOGIK RAHBARLARDA LIDERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI

Authors

  • Qo‘ldasheva Sevara Berdiqul qizi Author

Keywords:

pedagogik menejment, transformatsion liderlik, kompetensiyaviy yondashuv, boshqaruv samaradorligi, refleksiv faoliyat, innovatsion ta’lim.

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik rahbarlar shaxsiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi bo‘lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga puxta tayyorlash masalasini dolzarb muammo sifatida ilgari surmoqda.  Ta’lim — shaxs kamolotining eng muhim bosqichi bo‘lib, bu davrda pedagogik rahbarlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqish, mustaqil fikrlash va ijtimoiy xulq-atvor asoslari shakllanadi. Shu sababli, ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Bugungi kun ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar pedagogik rahbar shaxsiga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirmoqda. Zamonaviy rahbar   nafaqat fan bilimlariga ega, balki pedagogik vaziyatlarni tahlil qila oladigan, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan mutaxassis bo‘lishi lozim.Mazkur maqolada pedagogik rahbarlarda liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasining nazariy-metodologik asoslari va amaliy modeli yoritilgan. Tadqiqot transformatsion liderlik konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv hamda tizimli boshqaruv tamoyillariga asoslanadi.

Published

2026-02-21

How to Cite

PEDAGOGIK RAHBARLARDA LIDERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 4(1), 480-485. http://journalss.org/index.php/zam/article/view/19597