OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARINI 4K MODELI ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI
Keywords:
o‘qish savodxonligi, 4K modeli, kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya, kollaboratsiya, kompetensiyaviy ta’lim.Abstract
boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi darslarini 4K modeli (kreativlik, kommunikatsiya, kollaboratsiya va kritik fikrlash) asosida tashkil etishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. 2023–2025-yillarda umumiy o‘rta ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar o‘qish savodxonligini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishni talab qilmoqda. Maqolada 4K modeli asosida dars tuzilmasi, interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar, baholash mezonlari va pedagogik samaradorlik masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 4K modeli asosida tashkil etilgan o‘qish savodxonligi darslari o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi.