GLOBAL VA MINTAQAVIY NIZOLARDA BMT NING ROLI

Authors

  • Baxtiyorova Shahnoza Umidbek qizi Author

Keywords:

BMT, xalqaro xavfsizlik, global nizolar, mintaqaviy ziddiyatlar, xalqaro hamkorlik, tinchlik, barqarorlik, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, xalqaro huquq

Abstract

Insoniyat taraqqiyoti tarixida turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning kechishi, ayniqsa ikki jahon urushidan so‘ng dunyo hamjamiyatini xavotirga solgan eng muhim muammolardan biri bo‘lib, xalqaro tinchlik va xavfsizlik masalasi doimo dolzarbligicha qolmoqda. Ikkala jahon urushi insoniyatga qanchalar katta tashvish, ko‘rsatib bo‘lmaydigan misli ko‘rilmagan yo‘qotishlar va qayg‘uli oqibatlarni keltirib chiqardi. Ana shunday fojialarning oldini olish maqsadida, umumjahon miqyosida barqaror tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida xalqaro hamjamiyat bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ushbu tashabbuslarning eng muhim natijalaridan biri sifatida 1945-yil 24-oktabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilib, uning asosiy va doimiy vazifalaridan biri sifatida global va mintaqaviy tinchlik hamda xavfsizlikni saqlash belgilab qo‘yildi.

Published

2026-03-05

How to Cite

GLOBAL VA MINTAQAVIY NIZOLARDA BMT NING ROLI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 5(1), 91-95. http://journalss.org/index.php/zam/article/view/20836