TARJIMA NAZARIYASI: EKSPLISIT–IMPLISIT QARASHLAR, METAFORALAR VA IKKI PARADIGMA O‘RTASIDAGI BOG‘LANISHLAR
Keywords:
eksplisit nazariya, implisit nazariya, begonalashtirish, idiomatik moslashtirish, ekvivalentlik, translator’s preface, dinamik/formal ekvivalentlikAbstract
Maqolada tarjimonlarning eksplisit (ochiq) va implisit (bilvosita)
nazariy qarashlari, tarjimaga doir tarixiy-aforizmatik metaforalar hamda nemis
an’anasidagi ikki nufuzli paradigma — Martin Lyuterning “idiomatik moslashtirish”
yo‘nalishi va Fridrix Shleyermaxerning “begonalashtirish” (verfremden) strategiyasi
— o‘rtasidagi munosabat tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ilmiy va badiiy
tarjimalarda muqaddima/xotima (translator’s preface/postface) janri “amaliy qarorlar
oynasi” sifatida ko‘riladi. Tahlil natijasida tarjima talqinning o‘zi ekanligi, usul
tanlovi esa matn turi, auditoriya va funksional vazifa mezonlariga bog‘liqligi
asoslanadi; nazariya va amaliyotning uzviyligi esa eksplisit bayonlar va implisit
rekonstruksiyalarning komplementarligida namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi