SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARNING KOGNITIV ASOSLARI VA ULARNING INSON KONSEPTUAL TIZIMIDAGI O‘RNI
Keywords:
somatik frazeologizm, kognitiv lingvistika, konsept, konseptosfera, antropotsentrik paradigma, lingvomadaniyat, konseptual metaforaAbstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi somatik frazeologizmlarning
kognitiv asoslari va ularning inson konseptual tizimidagi o‘rni tahlil qilingan.
Tadqiqotda antropotsentrik yondashuv nuqtayi nazaridan til, tafakkur va madaniyat
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Somatik frazeologizmlar insonning jismoniy
tajribasi, hissiy kechinmalari va ijtimoiy qadriyatlarini ifodalovchi antropokognitiv
birliklar sifatida o‘rganilgan. Ularning semantik va konseptual tuzilmasi, shuningdek,
konseptual metafora va lingvomadaniy mexanizmlar orqali yangi ma’no qatlamlarini
hosil qilish xususiyati izohlangan. Maqola natijalariga ko‘ra, somatik frazeologizmlar
o‘zbek tili konseptosferasining markaziy yadrosini tashkil etib, milliy tafakkur va
madaniyatning uzviy birligini namoyon etadi