KOMPYUTER LINGVISTIKASI ASOSIDA MAVZULASHTIRILGAN LUG‘AT TUZISHNING METODIK ASOSLAR
Keywords:
kompyuter lingvistikasi, avtomatik korpus tahlili, mavzulashtirilgan lug‘at, leksikografiya, semantik guruhlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, kollokatsiyalar, frekventlik tahlili, terminologiya, raqamli lug‘at tuzish, NLP, sun’iy intellektAbstract
Mazkur maqolada kompyuter lingvistikasi texnologiyalaridan
foydalanib mavzulashtirilgan lug‘at tuzishning metodik asoslari yoritiladi.
Tadqiqotning maqsadi — lingvistik korpuslar, avtomatik matn tahlil vositalari va
statistik hisoblash metodlari yordamida aniq mavzuga oid leksik birliklarni tizimli
ravishda ajratish, ularning semantik, funksional va frekventlik xususiyatlarini
aniqlashdir. Ishda Sketch Engine, AntConc kabi korpus platformalaridan foydalanish,
shuningdek, kollokatsiyalarni avtomatik aniqlash, semantik guruhlarga ajratish, lug‘at
birligining kontekstual o‘ziga xosliklarini belgilash kabi amaliy bosqichlar ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, mavzulashtirilgan lug‘atlar yaratishda raqamli
leksikografiyaning imkoniyatlari, sun’iy intellekt asosidagi usullar, hamda ularning
o‘qitish, tarjima, terminologiya va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilishi tahlil qilinadi.
Natijada zamonaviy kompyuter lingvistikasi asosidagi lug‘at tuzish jarayonining
afzalliklari va metodik tamoyillari asoslab beriladi