KORPUS LINGVISTIKASI VA PARALLEL MATNLARNING SOHAVIY TARJIMADA FOYDALANILISHI TADQIQI
Keywords:
korpus lingvistikasi, parallel matnlar, terminologiya, sohaviy tarjima, energetika muhandisligi, Linguee, IATE, Sketch EngineAbstract
Ushbu maqolada korpus lingvistikasi va parallel matnlarning sohaviy tarjimada qo‘llanishi, xususan energetika muhandisligi terminologiyasini o‘rgatish va tarjima jarayonida izchillikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Korpuslar terminlarning real kontekstdagi qo‘llanilishini aniqlash, frazeologik birliklar va stilistik moslikni tekshirish, parallel tarjimalarni taqqoslash imkoniyatini yaratishi bilan muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda umumiy, parallel va maxsus sohaviy korpuslarning tarjimon tayyorlash jarayonidagi afzalliklari hamda Linguee, IATE, Sketch Engine kabi platformalarning funksional imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Energetika muhandisligi sohasida korpuslardan foydalanish terminologik standartlashuv, texnik iboralarni to‘g‘ri qo‘llash va matnlarning uslubiy mosligini ta’minlashda samarali vosita ekanligi isbotlanadi