INGLIZ TILIDAGI JURNAL VA GAZETALARNI O‘QISH ORQALI TARJIMA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MASALASI

Authors

  • Amirqulov Dilshod Toshtemirovich Author

Keywords:

chet tilini o‘qitish, ingliz tili metodikasi, gazeta va jurnallar, autentik matnlar, kommunikativ kompetensiya, jonli til, nutq rivoji, lug‘at boyligi, motivatsiya

Abstract

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida ingliz tilidagi gazeta va jurnallardan foydalanishning metodik va lingvodidaktik ahamiyati yoritiladi. Davriy matbuot materiallarining o‘quv jarayonidagi o‘rni, ularning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Gazeta matnlarining jonli va tabiiy til namunasi sifatidagi ahamiyati, lug‘at boyligini kengaytirish, grammatik ko‘nikmalarni mustahkamlash, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishdagi imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, sarlavha asosida matnni taxmin qilish, kalit so‘zlar yordamida nutq ishlab chiqish, dialog va muhokama mashqlari kabi amaliy topshiriqlarning samaradorligi asoslanadi. Maqolada internet resurslari orqali xorijiy davriy nashrlardan foydalanish imkoniyatlari hamda ularning talabalar motivatsiyasini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitishda an’anaviy darsliklar bilan bir qatorda gazeta va jurnallardan foydalanish samaradorligini nazariy va amaliy jihatdan asoslaydi

Author Biography

  • Amirqulov Dilshod Toshtemirovich

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. O‘qituvchi.

    adilshod9001@gmail.com

Published

2025-12-21

How to Cite

INGLIZ TILIDAGI JURNAL VA GAZETALARNI O‘QISH ORQALI TARJIMA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MASALASI. (2025). KONFERENSIYA, 1(1), 501-505. https://journalss.org/index.php/conf/article/view/11886