KOREYS MAQOLLARIDA METAFORA VA RAMZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
metafora, ramz, maqol, lingvopoetika, obrazlilik, semantika, koreys maqollari, o‘zbek maqollari, madaniy kodAbstract
Ushbu maqolada koreys va o‘zbek maqollarida metafora va ramzlarning lingvopoetik xususiyatlari qiyosiy-nazariy tahlil qilinadi. Maqollar xalq og‘zaki ijodining qadimiy shakli sifatida milliy dunyoqarash, ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar, axloqiy me’yorlar va madaniy tafakkurni mujassamlashtiradi. Koreys maqollarida uchraydigan “yo‘lbars”, “bambuk”, “ilon”, “tulki”, “it”, “tovuq”, “maymun” kabi obrazlar xalqning mentaliteti, tabiat haqidagi tasavvurlari va konfutsiylik qarashlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular orqali jamiyatdagi xulq-atvor modellari ramziy tarzda ifodalanadi. Tadqiqotda metafora va ramzlarning semantik qatlamlari, sintaktik qurilishdagi ixchamlik, badiiylik, ritm va obrazlilik kabi lingvopoetik jihatlar izohlanadi. Koreys va o‘zbek maqollarining umumiy va farqli tomonlari tahlil qilinib, ularning xalq tafakkuridagi o‘rni ochib beriladi