INGLIZ VA O‘ZBEK DIPLOMATIK NUTQIDA FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOPRAGMATIK FUNKSIYALARI
Keywords:
diplomatik diskurs, frazeologizm, lingvopragmatika, metafora, yumshatish strategiyasi, politenessAbstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek diplomatik diskursida qo‘llaniladigan frazeologik birliklarning lingvopragmatik funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot diplomatik matnlar, xalqaro bayonotlar, BMT rezolyutsiyalari hamda rasmiy nutqlarda uchraydigan barqaror birikmalarni qiyosiy tahlil qilishga asoslanadi. Ingliz diplomatik nutqida “constructive dialogue”, “confidence-building measures”, “bridge-building efforts” kabi neytral–yumshatuvchi frazeologizmlar, o‘zbek diplomatik uslubida esa “o‘zaro manfaatli hamkorlik”, “tinchlik yo‘li bilan hal etish”, “keng qamrovli islohotlar” kabi formulalar pragmatik yumshatish, murosaga chaqirish, hamkorlikka undash kabi maqsadlarga xizmat qilishi aniqlanadi. Maqolada frazeologizmlarning illokutiv kuchi, muhokama jarayonidagi vazifasi va madaniy
belgilanganlik darajasi yoritilgan.