TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB, ZAMONAVIY TURLARI, TARJIMA SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH VA TADQIQOTLAR
Keywords:
CAT vositalari, mashina tarjimasi, tarjima xotirasi, terminologiya, tarjimadan keying tahrirAbstract
Bugungi globallashuv jarayoni til bilish, madaniyatlararo muloqot qilish va axborot almashinuvini yanada jadallashtirdi. Bunday sharoitda tarjima sohasi nafaqat madaniy ko‘prik vazifasini, balki xalqaro iqtisodiy, siyosiy va ilmiy aloqalarning asosiy vositasini ham bajarmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda XXI asr tarjimonidan yuqori tezlik, aniqlik, terminologik izchillik va katta hajmdagi matnlar bilan ishlash kabi talablar qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va tilni qayta ishlash algoritmlarining rivoji tarjima jarayonida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu maqolada tarjima jarayonidagi qiyinchiliklar hamda bugungi kunda tarjimonlarga yordamchi hisoblangan raqamli texnologiyalardan foydalanish toʻgʻrisida soʻz yuritiladi