SINXRON TARJIMANING KELIB CHIQISHI VA UNING RIVOJLANISHI
Keywords:
sinxron tarjima, konferensiya tarjimasi, tarjimashunoslik, Komintern, Nyurnberg sud jarayoni, tarjimon tayyorlash, og‘zaki tarjima, madaniyatlararo muloqot, tarjima tarixi, texnik vositalar, yozma va og‘zaki tarjima, tarjima metodlari.Abstract
Ushbu maqolada sinxron tarjimaning shakllanish jarayoni va tarixiy rivojlanishi yoritilgan. Tadqiqotda sinxron tarjimaning madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi roli, tarjima jarayonining ijodiy xususiyatlari va tarjimon shaxsining muhim funksiyalari tahlil qilinadi. Sinxron tarjimaning birinchi jahon urushi davrida paydo bo‘lgani, Komintern kongresslari va Nyurnberg hamda Tokio sud jarayonlarida keng qo‘llanilishi tarixiy dalillar asosida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, XX asrning 60–70-yillaridagi ilmiy tadqiqotlar, rus tarjimashunosligida sinxron tarjima masalalarining shakllanishi va o‘zbek tarjimashunosligida bu yo‘nalishning yetarlicha o‘rganilmaganligi tahlil qilinadi. Mazkur maqola sinxron tarjimaning texnik imkoniyatlari, metodlari va kasbiy tayyorlash tizimi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilib, bugungi kunda ushbu sohaning ahamiyati ortib borayotgani ta’kidlanadi.