INGLIZ-O'ZBEK TIBBIYOT KONFERENSIYALARIDA SINXRON TARJIMADA JARROHLIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI
Keywords:
sinxron tarjima, jarrohlik terminologiyasi, semantik moslashuv, ma'no kengayishi, mano torayishi, ma'no ko'chishiAbstract
Ushbu maqola ingliz-o'zbek tillaridagi tibbiyotga oid bo'lgan konferensiyalarda jarrohlik terminlarining sinxron tarjimada semantik moslashuviga bag'ishlanadi. Jarrohlik terminlari asosan murakkab, ko'p ma'noli va konteksda o'zgarishi bilan tarjimonga biroz qiyinchilik tug'diradi. Sinxron tarjimada vaqt bosimi, nutqning tezligi, aniqligi va turli xil maxsus terminlarning ko'pligi tarjimonga yanada katta mas’uliyat yuklaydi va shu terminlarni semantik jihatdan to'g'ri shaklda o'zbek tiliga moslashtirishi zarur bo'ladi. Ushbu tadqiqiotda jarrohlik terminlarining turli kontekstlarda ma'no o'zgarishi, ko'chishi, kengayishi, torayishi va funksional moslashuvi turli xil misollar orqali tahlil qilinadi. Bundan tashqari, sinxron tarjima jarayonida semantik tahlilning o'rni va turli xildagi strategiyalar taklif qilinadi