KOGNITIV TILSHUNOSLIKNING TIL LUG’AT TARKIBINI O’RGANISHDAGI IMKONIYATLARI
Keywords:
kognitiv tilshunoslik; konsept; lug‘aviy birliklar; kognitiv bog‘liqlik; til va tafakkur; konseptual tizim; semantikaAbstract
Mazkur maqolada kognitiv tilshunoslikning til lugʻat tarkibini oʻrganishdagi nazariy va amaliy imkoniyatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Kognitiv yondashuvning asosiy tamoyillari — tilni inson ongining konseptual tizimi bilan uzviy bogʻliq holda talqin qilish, lugʻaviy birliklarning mazmunini mental modellar, konseptlar va freymlar orqali tushuntirish masalalari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqotda til lugʻat tarkibi faqat nominativ birliklar majmui emas, balki insonning olam haqidagi bilimlari, tasavvurlari va madaniy tajribasining konseptual aks ettirilishi sifatida sharhlanadi. Shuningdek, maqolada lugʻaviy birliklarning semantik tuzilishi, ularning kognitiv motivatsiyasi, konseptual metafora va metonimiya jarayonlari, lugʻaviy maydonlarning konseptual tarmoqlar sifatida shakllanishi kabi jarayonlar ham tahlil qilinadi. Kognitiv yondashuvning lingvokulturologik tadqiqotlarda, tarjima jarayonida konseptual moslikni taʼminlashda, badiiy matnlardagi konseptual qatlamni ochishda hamda ikki tilli lugʻatlarni yaratishda tutgan o‘rni amaliy jihatdan asoslab beriladi. Umuman olganda, maqola kognitiv tilshunoslikning lugʻat tarkibini chuqur, tizimli va konseptual asosda o‘rganish imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi