TARJIMA NAZARIYASI: EKSPLISIT–IMPLISIT QARASHLAR, METAFORALAR VA IKKI PARADIGMA O‘RTASIDAGI BOG‘LANISHLAR
Keywords:
eksplisit nazariya, implisit nazariya, begonalashtirish, idiomatik moslashtirish, ekvivalentlik, translator’s preface, dinamik/formal ekvivalentlikAbstract
Maqolada tarjimonlarning eksplisit (ochiq) va implisit (bilvosita) nazariy qarashlari, tarjimaga doir tarixiy-aforizmatik metaforalar hamda nemis an’anasidagi ikki nufuzli paradigma — Martin Lyuterning “idiomatik moslashtirish” yo‘nalishi va Fridrix Shleyermaxerning “begonalashtirish” (verfremden) strategiyasi — o‘rtasidagi munosabat tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ilmiy va badiiy tarjimalarda muqaddima/xotima (translator’s preface/postface) janri “amaliy qarorlar oynasi” sifatida ko‘riladi. Tahlil natijasida tarjima talqinning o‘zi ekanligi, usul tanlovi esa matn turi, auditoriya va funksional vazifa mezonlariga bog‘liqligi asoslanadi; nazariya va amaliyotning uzviyligi esa eksplisit bayonlar va implisit rekonstruksiyalarning komplementarligida namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi