ENGLISH YUMOR TARJIMA QILINISHIDAGI TAVSIYALAR

Authors

  • Rahmatullayeva Mohinur Gayrat qizi Author
  • Xamidova Mohinaxon Alisherovna Author

Keywords:

hazil tarjimasi, pun, wordplay, ekvivalentlik, pragmatika, adaptatsiya, skopos nazariyasi

Abstract

Hazil inson nutqining eng murakkab pragmatik shakllaridan biri bo‘lib, uning tarjimasi faqat semantik ma’noni emas, balki auditoriyada paydo bo‘ladigan reaksiyani, ya’ni kulgu effektini ham qayta yaratishni talab qiladi. Ingliz tilidagi hazillarda keng qo‘llaniladigan pun, wordplay, knock-knock jokes, fonetik o‘yinlar va madaniy referenslar ularni boshqa tillarga, jumladan o‘zbek tiliga tarjima qilishni murakkablashtiradi. Mazkur maqolada ingliz humorining tarjimasida uchraydigan asosiy to‘siqlar, tarjima strategiyalari hamda ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot uchun Netflix subtitrlari, Reddit puns arxivi, “Friends” seriali dialoglari, va Kevin Hartning stand-up matnlari asos bo‘ldi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, literal tarjima ko‘pincha hazilning semantik qismigina o‘tadi, biroq uning kulgili effektini yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun funksional ekvivalentlik, madaniy moslashtirish (adaptatsiya) va qayta yaratish (reconstruction) eng samarali yondashuv sifatida e’tirof etiladi

Author Biographies

  • Rahmatullayeva Mohinur Gayrat qizi

    Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti

    “Tarjimashunoslik (xitoy-ingliz tili)” yo‘nalishi

    4-bosqich talabasi

  • Xamidova Mohinaxon Alisherovna

    Ilmiy rahbar

Published

2025-12-22

How to Cite

ENGLISH YUMOR TARJIMA QILINISHIDAGI TAVSIYALAR. (2025). KONFERENSIYA, 1(2), 474-484. https://journalss.org/index.php/conf/article/view/12245