INGLIZ REKLAMALARIDAGI IDIOM VA FRAZEOLOGIZMLARNI TARJIMA QILISHDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR

Authors

  • Ergashova Ozoda To‘xtasin qizi Author
  • Xamidova Mohinaxon Author

Keywords:

reklama tarjimasi, ingliz reklamasi, idiomlar, frazeologizmlar, madaniy moslashuv, stilistik muammolar, metaforik ifodalar, brend imidji, hissiy ta’sir, tarjimada ekvivalentlik

Abstract

Ushbu maqolada ingliz tilidagi reklama matnlarida keng qo‘llaniladigan idiom va frazeologizmlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Reklama shiorlari ko‘pincha obrazli, qisqa va emotsional ta’sirga ega bo‘lgani uchun ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish ko‘p hollarda asl ma’no va ta’sirni yo‘qotishiga olib keladi. Tadqiqot davomida BMW – “The Ultimate Driving Machine”, Toyota – “Let’s Go Places”, Apple – “Think Different”, McDonald’s – “I’m Lovin’ It”, KFC – “Finger-Lickin’ Good” kabi mashhur global brendlarning reklama shiorlari misolida madaniy farqlar, metaforik ifodalar, og‘zaki nutqqa xos birliklar hamda stilistik moslashuv muammolari yoritib beriladi. Shuningdek, tarjima jarayonida nafaqat mazmunni, balki reklamaning hissiy ta’sirini va brend ruhini saqlab qolish muhimligi asoslab beriladi. Maqola amaliy jihatdan tarjimonlar uchun foydali tavsiyalar berishi bilan ahamiyatlidir

Author Biographies

  • Ergashova Ozoda To‘xtasin qizi

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 4-kurs talabasi

  • Xamidova Mohinaxon

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

    ‘‘ Tarjima nazariyasi va amaliyoti ’’

    kafedrasi katta o’qituvchisi

     

Published

2025-12-22

How to Cite

INGLIZ REKLAMALARIDAGI IDIOM VA FRAZEOLOGIZMLARNI TARJIMA QILISHDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR. (2025). KONFERENSIYA, 1(2), 512-532. https://journalss.org/index.php/conf/article/view/12314