“LOLANING USTIGA QOR YOG‘DI” YOHUD JAMIYAT QURBONI
Keywords:
Cho‘lpon, ramziy obraz, lola timsoli, ayol taqdiri, ijtimoiy zulm, jadid adabiyoti, badiiy tahlilAbstract
Mazkur maqolada Abdulhamid Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola” hikoyasi badiiy, ijtimoiy va ramziy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda tabiat obrazlari orqali o‘sha davr jamiyatidagi ma’naviy tanazzul, diniy mutaassiblik, ijtimoiy bosim hamda ayollarning ayanchli taqdiri yoritiladi. Lola timsoli beg‘ubor, hali hayotning shafqatsiz qonunlaridan bexabar yosh qiz obrazini ifodalasa, qor obrazi jamiyatning sovuqligi, zo‘ravonligi va adolatsizligini ramziy jihatdan aks ettiradi. Hikoyada ota, ona va eshon obrazlari orqali jamiyatda shakllangan noto‘g‘ri qadriyatlar va majburiy ijtimoiy munosabatlar fosh etiladi. Maqolada Cho‘lponning ramziy obraz yaratish mahorati, adabiy tanqidiy pozitsiyasi va jadid adabiyotidagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.
Downloads
Published
2025-12-22
Issue
Section
Articles
How to Cite
“LOLANING USTIGA QOR YOG‘DI” YOHUD JAMIYAT QURBONI. (2025). KONFERENSIYA, 1(2), 573-577. https://journalss.org/index.php/conf/article/view/12355