TARJIMONLIK SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR
Keywords:
tarjima jarayoni, tarjimonlik faoliyati, madaniy komponentlar, terminologiya, avtomatlashtirilgan tarjima, tarjimashunoslik, madaniyatlararo muloqot, lingvistik tafovutlar, professional tarjimon, texnologik vositalar.Abstract
Mazkur maqolada globallashuv jarayonida tarjimonlik faoliyatining ahamiyati va unga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani tahlil qilinadi. Turli tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi samarali muloqotning ta’minlanishi tarjimon zimmasiga nafaqat lingvistik, balki madaniy mas’uliyat ham yuklashini ko‘rsatib beradi. Tadqiqotda tarjima jarayonida uchraydigan asosiy muammolar — madaniy komponentlarning to‘g‘ri yetkazilmasligi, terminologik nomuvofiqliklar, soha mutaxassisi tarjimonlar yetishmasligi hamda avtomatlashtirilgan tarjima texnologiyalarining cheklovlari tahlil etilgan. Shuningdek, shevalar va grammatik tuzilmalarning farqlari tarjima sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tarjimonlarning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan ongli foydalanish va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish zarurligi asoslanadi.