XITOY TILIDAGI MAQOLLARDA MILLIY MADANIY FARQLAR
Keywords:
Xitoy tili, madaniyat, milliy tafakkur, lingvokulturologiya, konseptual tahlil, metafora, kollektivizm, qadriyatlar tizimi, tarjima, madaniyatlararo muloqot.Abstract
Ushbu maqolada xitoy tilidagi maqollar tahlili asosida milliy madaniyatning til tizimiga singishi va xalq tafakkuridagi qadriyatlar tizimi yoritilgan. Tadqiqotda xitoy hamda oʻzbek maqollarining semantik va konseptual strukturalari qiyosiy tahlil qilinib, ularning milliy mentalitet, urf-odat va ijtimoiy qadriyatlarni aks ettirish darajasi aniqlangan. Paremiologik, lingvokulturologik va kognitiv yondashuvlar asosida olib borilgan tahlillar natijasida xitoy maqollarida kollektivizm, mehnatsevarlik va tabiat bilan uygʻunlik gʻoyalari ustuvorligi, oʻzbek maqollarida esa insoniy fazilatlar, mehr-oqibat va odob tushunchalari yetakchi oʻrin tutishi isbotlangan. Maqola madaniyatlararo kommunikatsiya, tarjima nazariyasi hamda xalq tafakkuri tadqiqotlari uchun amaliy ahamiyatga ega.