“YULDUZLI TUNLAR TARJIMASIDA MILLIY RUHNI SAQLASH MASALASI”

Authors

  • Xabibullayeva Manzura Shuxratovna Author

Keywords:

: madaniy kontekst, milliy identitet, lingvokulturologik tahlil, strategik yondashuv, badiiy obraz, ekvivalentlik, tarjima strategiyasi, milliy qadriyatlar.

Abstract

Mazkur maqolada Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari tarjimasida milliy ruhning saqlash masalasi o‘rganildi. Asarning o‘zbek xalqi milliy qadriyatlari, madaniyati va tarixiy tafakkurini ifodalovchi jihatlari tarjima jarayonida qanday aks etgani tahlil qilindi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, lingvokulturologik yondashuv hamda matnshunoslik usullari qo‘llanildi. Asarning o‘zbekcha matni va uning tarjima variantlari o‘rtasida leksik, semantik hamda madaniy ekvivalentlik jihatlari solishtirildi.Tahlillar natijasida tarjimon tomonidan milliylikni ifodalovchi ayrim so‘z va iboralarga muvaffaqiyatli milliy ekvivalentlar topilgani aniqlandi. Shu orqali tarjimada milliylikni saqlash darajasi aniqlanib, milliy ruhni to‘liq yetkazish uchun lingvokulturologik yondashuvning ahamiyati isbotlandi.

Author Biography

  • Xabibullayeva Manzura Shuxratovna

    Toshkent davlat O‘zbek tili va Adabiyoti universiteti

    Tarjima Nazariyasi va Amaliyoti fakulteti, ingliz

    4-bosqich talabasi

Published

2026-01-16

How to Cite

“YULDUZLI TUNLAR TARJIMASIDA MILLIY RUHNI SAQLASH MASALASI”. (2026). KONFERENSIYA, 1(2), 794-801. https://journalss.org/index.php/conf/article/view/15138