QARG‘ISHLARNING MADANIY KODLARI VA NORMATIV FUNKSIYALARI
Keywords:
qarg‘ish, madaniy kod, nutq amali, performativlik, diniy diskurs, ijtimoiy norma, etnolingvistika, qiyosiy tahlil.Abstract
Mazkur tezisda qarg‘ishlar lingvistik birlik sifatida emas, balki madaniy, diniy va ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi nutq amali sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi qarg‘ishlarning semantik, pragmatik va normativ xususiyatlarini qiyosiy yondashuv asosida o‘rganishga qaratilgan. Qarg‘ishlar madaniy tabularni buzuvchi hodisa sifatida emas, balki jamiyatda axloqiy me’yorlarni ta’minlash, adolatni tiklash va ijtimoiy ziddiyatlarni verbal tarzda qayta ishlash vositasi sifatida talqin qilinadi. Tahlil natijalari qarg‘ishlarning har bir til tizimida turlicha ijtimoiy funksiya bajarishini ko‘rsatadi: ingliz tilida - individual norozilik va nutq erkinligining ifodasi, rus tilida - diniy-siyosiy ziddiyatlarning og‘zaki folklor performansi, o‘zbek tilida esa - axloqiy-normativ nazorat va jamoaviy tartibni saqlash mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi.