REKLAMA DISKURSINI QIYOSIY-LINGVISTIK TAHLIL QILISHNING KONSEPTUAL MODELI
Keywords:
til strategiyalari, konnotativ izchilik, tijorat maqsadi, til o‘yini, madaniy qadriyat, madaniy moslashuv, avtomobil reklamasi, oziq-ovqat reklamasi, kosmetika reklamasi, zamonaviy tendentsiyalar.Abstract
Ushbu tadqiqot ingliz va o‘zbek reklama diskurslarining lingvistik va madaniy jihatlari bo‘yicha o‘xshashliklari va tafovutlarini chuqur tahlil qiladi. Asosiy e’tibor konnotativ izchillik, tijorat maqsadi va til o‘yini kabi til vositalarining reklama matnlarida qanday qo‘llanilishiga qaratiladi. Tadqiqotda reklama sohasida keng tarqalgan madaniy qadriyatlar va madaniy moslashuv jarayonlari o‘rganilib, ularning til va kommunikativ strategiyalar orqali ifodalanishi ko‘rib chiqiladi. Maxsus e’tibor avtomobil, oziq-ovqat va kosmetika kabi mahsulotlar reklamalariga qaratilib, ularning ingliz va o‘zbek madaniyatidagi o‘ziga xos yondashuvlari tahlil qilinadi. Zamonaviy tendentsiyalar va reklama matnlarining stilistik xususiyatlari, shuningdek, antropotsentrik yondashuv va til strategiyalari asosida reklama diskursidagi farqlar va o‘xshashliklar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari reklama matnlarini tarjima qilishda, shuningdek, samarali reklama yaratishda madaniy va lingvistik mezonlarni hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu ish tilshunoslik, marketing, madaniyatshunoslik va kommunikatsiya sohalarida amaliy tadqiqotlar uchun mustahkam nazariy poydevor hisoblanadi.