TARJIMADA SEMANTIK YONDASHUVNING OʻRNI

Authors

  • Abduxakim ABDULAXATOVICH ARIPOV Author

Keywords:

ko‘pma’nolilik (polisemiya), bir ma’nolilik (monosemiya), genetik ma’no, hosila ma’no, so‘z shakli.

Abstract

Ushbu maqolada arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima jarayonida semantik yondashuvning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, arab tilining ko‘p ma’nolilik (polisemiya) jihatidan boyligi tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik muammolar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Maqolada monosemantik va polisemantik so‘zlarning tarjimadagi o‘rni, ko‘p ma’noli birliklarning kontekstga ko‘ra ma’no torayishi va tarjimonning kontekstual ma’noni aniqlashdagi mas’uliyati ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib beriladi.

Arab tilidagi ayrim so‘zlarning (masalan, أسبوع, كَفَرَ) turli lug‘atlardagi ma’no doiralari tahlil qilinib, tarjimalarda uchraydigan xatolar real misollar, jumladan Qur’oni karim oyatlari turli tafsir va ma’nolar tarjimalari orqali ochib beriladi. Shuningdek, terminologik va diniy matnlar tarjimasida sohaga oid bilimning zarurligi, tarjimonning semantik nozikliklarni chuqur anglashga doir salohiyati muhim omil sifatida baholanadi. Maqola yakunida lug‘atchilik ishida so‘zning barcha ma’no-semalarini qamrab olish lozimligi alohida ta’kidlanadi.

Author Biography

  • Abduxakim ABDULAXATOVICH ARIPOV

    Andijon davlat chet tillar instituti erkin tadqiqotchisi

    E-mail: aabdulhakim78@gmail.com

Published

2026-01-17

How to Cite