KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK NAZARIYASI
Keywords:
ijtimoiy, muloqot, axborot, shaxs, lingvistik, qobilyat, madaniy, psixologik.Abstract
Ushbu maqolada kommunikativ kompetentlikning bugungi jamiyatdagi o’rni , rivojlanayotgan sohalarda qay darajada qo’llanilishi va uning tarkibiy qismlari ko’rib chiqiladi. Muloqot madaniyatining qaysi sohalarda faol rivojlanayotgani va o’sib borayotgani tahlil qiladi.Bugungi kun jamiyatimizda samarali muloqot olib borish va o’z fikrlarini aniq to’g’ri ifodalash, shaxsning ijtimoiy hayotidagi birlamchi qobiliyatlaridan biridir. Bu qobiliyatni takomillashtirish va uni jamiyatda to’g’ri va samarali qo’llash uchun kommunikativ kompetentlik tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Kommunikativ kompetentlik, uning mazmuni va tarkibi bilan, nafaqat insonning nutqiy va lingvistik malakalarini, balki shaxsning sotsial va psixologik jihatlarini ham o’z ichiga oladi. Mazkur maqola kommunikativ kompetentlikning mohiyati, tarkibiy qismlari, rivojlanish sabablari va ahamiyatini ilmiy tahlil qiladi.