BOSHQARUVCHILIKKA OID MUTAFAKKIRLARNING SHARQONA QARASHLARI
Keywords:
sharq psixologiyasi, boshqaruvchilik, sharqona qarashlar, mutafakkirlar, axloqiy qadriyatlar, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Yusuf Xos Hojib, madaniyat va boshqaruv, jamiyat boshqaruvi, psixologik yondashuv.Abstract
: Ushbu maqola Sharq psixologiyasi nuqtai nazaridan boshqaruvchilikka oid tushunchalarni va mutafakkirlarning sharqona qarashlarini o’rganadi. Maqolada boshqaruvchilik tamoyillari, insonning ichki dunyosi, ruhiyati va axloqiy qadriyatlari asosida shakllangan boshqaruv usullari tahlil qilinadi. Sharqona yondashuvda boshqaruvchi faqat tashkiliy jihat emas, balki jamiyat, madaniyat va insoniy mukammallik bilan ham uyg’unlashgan otash sifatida ko’riladi. Shu bois maqola Sharqning buyuk mutafakkirlari (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy; Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy; Yusuf Xos Hojib; Temur ibn Tarag'oy Bahodir; Nizomiddin mir Alisher; Ahmad Donish va Abdulla Avloniylar va boshqalar) boshqaruvga oid nazariyalarining zamonaviy boshqaruv konsepsiyalariga ta’siri va amaliy ahamiyati xususida qisqacha ma’lumot beradi.