UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING TASHKILIY-MAʼNAVI JIHATLARI
Keywords:
sog‘lom turmush tarzi, sog‘lomlik tarbiyasi, jismoniy faollik, ta’limiy komponent, motivatsiya, zararli odatlarAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablari sharoitida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliy va mazmun jihatlari tahlil qilingan. Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash muammosi umuminsoniy qadriyatlar doirasida ko‘rib chiqilib, maktab ta’lim-tarbiya tizimida uning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Mualliflar sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy komponentlari: jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, zakarlanish, axloqiy-ruhiy tarbiya, ta’limiy va motivatsion yondoshuvlar orqali yoshlarda sog‘lom hayot uslubiga nisbatan ijobiy munosabatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratadilar. Maqolada, shuningdek, maktab ta’lim tizimidagi muammolar, xususan, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan kam motivatsiya va sog‘liqni saqlash bilimlarining ishonchga aylanmaganligi tanqidiy tahlil qilinadi. Muallif maktabdagi ta’limiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham bergan.