SHAXS RIVOJIDA MUHIT, TARBIYA VA TA’LIMNING O‘ZARO TA’SIRI

Authors

  • Joʻrayeva Zulfiya Author

Keywords:

Shaxs rivoji, muhit, tarbiya, ta’lim, o‘zaro ta’sir, ijtimoiylashuv, barkamol inson.

Abstract

Ushbu maqolada shaxs rivojlanish jarayonida muhit, tarbiya va ta’limning o‘zaro aloqadorligi hamda ular bir-birini to‘ldiruvchi omillar sifatidagi roli tahlil qilinadi. Muhit insonning dastlabki ijtimoiylashuv jarayonini belgilab beradi, tarbiya esa uning ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini shakllantiradi. Ta’lim jarayoni shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantiradi, mustaqil fikrlash, o‘zini anglash va jamiyatda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Maqolada ushbu uch omilning uzviy bog‘liqligi, ularning uyg‘unlashuvi natijasida barkamol inson shaxsini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, muhit, tarbiya va ta’lim o‘rtasidagi uzviylik shaxsning har tomonlama rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi asoslab  beriladi.

Author Biography

  • Joʻrayeva Zulfiya

    Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika yoʻnalishi talabasi

Published

2025-10-23

How to Cite

SHAXS RIVOJIDA MUHIT, TARBIYA VA TA’LIMNING O‘ZARO TA’SIRI. (2025). KONFERENSIYA, 1(1), 753-758. https://journalss.org/index.php/conf/article/view/3347