O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VIJDON ERKINLIGI VA DINIY BAG‘RIKENGLIK SIYOSATI

Authors

  • Kamolova Sabrina Nazarali qizi Author
  • Shaymardonova Yulduz Sobir qizi Author

Keywords:

O‘zbekiston, vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik, diniy siyosat, qonun, ekstremizm, totuvlik, e’tiqod erkinligi, jamiyat taraqqiyoti.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglik tamoyillarining shakllanishi, huquqiy asoslari hamda ularning jamiyat hayotidagi amaliy ifodasi tahlil qilinadi. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatda fuqarolarning e’tiqod erkinligini ta’minlash, turli konfessiyalar o‘rtasida totuvlikni mustahkamlash va dinning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy o‘rnini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Maqolada “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari asosida olib borilayotgan diniy siyosatning mazmun-mohiyati yoritiladi. Shuningdek, diniy ekstremizmga qarshi kurashish bilan bir qatorda, haqiqiy diniy qadriyatlarni tiklash va yoshlar ongida bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi.

Author Biographies

  • Kamolova Sabrina Nazarali qizi

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Pedagogika fakulteti Pedagogika ta'lim yo'nalishi talabalari

  • Shaymardonova Yulduz Sobir qizi

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Pedagogika fakulteti Pedagogika ta'lim yo'nalishi talabalari

Published

2025-10-23

How to Cite

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VIJDON ERKINLIGI VA DINIY BAG‘RIKENGLIK SIYOSATI. (2025). KONFERENSIYA, 1(1), 765-770. https://journalss.org/index.php/conf/article/view/3351