OʻZBEK XALQ PEDAGOGIKASINING ZAMONAVIY JTIMOIY GʻOYALARI
Keywords:
Oʻzbek xalq pedagogikasi, zamonaviy ijtimoiy gʻoyalar, milliy tarbiya tizimi, axloqiy qadriyatlar, insonparvarlik fuqarolik ong, jamoaviy tarbiya, mehnatsevarlik, madaniy meros, innovatsion yondashuv.Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy gʻoyalari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Xususan, xalq pedagogikasida asrlar davomida shakllangan tarbiyaviy qadriyatlarning bugungi jamiyat ehtiyojlari bilan uygʻunligi, ularning zamonaviy ijtimoiy ong va madaniyatga taʼsiri ochib beriladi. Maqolada ota-ona va jamoa tarbiyasiga asoslangan ijtimoiy masʼuliyat, o‘zaro hurmat, insonparvarlik, halollik, mehnatsevarlik kabi gʻoyalarning hozirgi taʼlim va tarbiya tizimida qo‘llanishi muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, xalq pedagogikasining hozirgi global ijtimoiy jarayonlardagi ahamiyati, yosh avlodda fuqarolik ongini shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash hamda sog‘lom ijtimoiy muhit yaratishdagi o‘rni yoritiladi. Maqola milliy pedagogik meros asosida innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish zaruratini ham asoslaydi.