XALQ PEDAGOGIKASIDAGI TARBIYAVIY G‘OYALARNI PISA MEZONLARI BILAN TAQQOSLASH
Keywords:
Xalq pedagogikasi, xalqaro baholash, PISA, tarbiyaviy g‘oyalar, milliy qadriyatlar, funksional savodxonlik, kompetensiya, ta’lim sifati.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek xalq pedagogikasida shakllangan tarbiyaviy g‘oyalar mazmuni va ularning xalqaro baholash dasturlaridan biri — PISA (Programme for International Student Assessment) mezonlari bilan taqqoslab tahlil qilinadi. Maqolada xalq pedagogikasidagi tarbiya tamoyillari, axloqiy qadriyatlar va o‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar xalqaro baholash mezonlari bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, milliy tarbiya an’analari asosida o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirishning samarali yo‘llari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalq pedagogikasidagi hayotiylik, mustaqil fikrlash va ijodkorlikka undovchi g‘oyalar PISA baholash tizimining asosiy yo‘nalishlari bilan bevosita bog‘liqligi aniqlanadi