O‘QITUVCHI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI TA’LIM JARAYONINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
O‘qituvchi kompetensiyasi, kasbiy rivojlanish, ta’lim samaradorligi, pedagogik kompetensiya, metodik yondashuv, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, innovatsion ta’lim, o‘quv jarayoni.Abstract
Mazkur maqolada o‘qituvchi kompetensiyasini rivojlantirish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish masalasi yoritilgan. Unda kompetensiya tushunchasining mazmuni, o‘qituvchining pedagogik, metodik, kommunikativ va axborot kompetensiyalarining ta’lim sifati bilan bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida o‘qituvchi kompetensiyasining rivojlanishi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, faolligi va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirish bo‘yicha samarali yondashuvlar va amaliy takliflar keltirilgan. Maqola natijalari o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi hamda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.