PEDAGOGIK KASBINI RIVOJLANTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI
Keywords:
ustoz-shogird an’anasi, pedagogik kasb, kasbiy rivojlanish, pedagogik mahorat, tajriba almashish, mentorlik, ma’naviy meros, o‘qituvchi va shogird munosabati.Abstract
pedagogik kasbining shakllanishi va rivojlanishida ustoz-shogird an’analari o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu an’ana asrlar davomida o‘zbek xalqining ma’naviy hayotida, ta’lim-tarbiya tizimida, kasbiy yetuklik va insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim tarbiyaviy maktab sifatida qaralgan. Ustoz-shogird tizimi pedagogik faoliyatni faqat bilim berish jarayoni emas, balki ma’naviy merosni, kasbiy tajribani, axloqiy qadriyatlarni avloddan avlodga uzatish vositasi sifatida rivojlantiradi. Har bir yuksak pedagog o‘z ustozidan olgan saboqlari, ilmiy dunyoqarashi, insonparvarlik g‘oyalari asosida yangi pedagogik yondashuvlarni shakllantiradi va o‘z navbatida shogirdlariga yetkazadi. Mazkur an’ana orqali o‘qituvchining kasbiy mahorati, pedagogik madaniyati va kommunikativ ko‘nikmalari takomillashadi. Ustoz-shogird munosabatlari jarayonida shogird nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy tajriba, kasbiy odob, o‘quvchi bilan ishlash madaniyatini ham egallaydi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodda o‘qituvchilik kasbiga hurmat, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Hozirgi globallashuv davrida pedagog kadrlar tayyorlashda ustoz-shogird tizimini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb masalaga aylandi. Innovatsion yondashuvlar, mentorlik dasturlari, tajriba almashish platformalari, ilg‘or o‘qituvchilar faoliyatini targ‘ib qilish kabi amaliy ishlar ushbu an’ananing yangi bosqichda rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch, mehr va mas’uliyatga asoslangan munosabat – ta’lim sifatini yuksaltirish, milliy pedagogika maktabini rivojlantirish va yosh avlodni yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalashning poydevor maqolada yoritib o‘tilgan.