TA’LIM TURLARI VA TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI

Authors

  • Nomozova Zarina Author

Keywords:

ta’lim, ta’lim turlari, umumiy ta’lim, kasbiy ta’lim, maxsus ta’lim, uzluksiz ta’lim, masofaviy ta’lim, ta’lim jarayoni, ta’lim shakllari, ta’limni tashkil etish, dars, seminar, laboratoriya mashg‘uloti, amaliy ish, ekskursiya, mustaqil ta’lim, o‘qitish samaradorligi, pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuv, didaktik tamoyillar, o‘quv faoliyati, bilim, ko‘nikma, malaka, shaxs rivoji, o‘qitish jarayoni, ta’lim sifati, raqamli ta’lim, zamonaviy ta’lim tizimi.

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim jarayonining asosiy turlari hamda uni tashkil etish shakllari haqida  fikr yuritiladi. Ta’lim turlari — umumiy, kasbiy, maxsus, uzluksiz, masofaviy kabi yo‘nalishlarni o‘z  ichiga oladi. Har bir ta’lim turi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda  muhim  ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta’limni tashkil etish shakllari – dars, seminar,  laboratoriya  mashg‘uloti, amaliy ish, ekskursiya, mustaqil ta’lim va masofaviy o‘qitish kabi  ko‘rinishlarda amalga  oshiriladi. Ushbu shakllar o‘quvchilarning faolligini oshirish, o‘zlashtirish  samaradorligini ta’minlash  hamda shaxsiy rivojlanishiga yordam beradi.  Maqola ta’lim tizimini  takomillashtirish va o‘qitish  jarayonini samarali tashkil etish uchun muhim nazariy va amaliy  ahamiyatga ega. Shuningdek, ta’limni  tashkil etish shakllari o‘quv jarayonini samarali yo‘lga  qo‘yishda muhim omil hisoblanadi. Mavzu doirasida  ta’lim turlarining zamonaviy  tendensiyalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni  tashkil etish yo‘llari,  interfaol metodlar va raqamli ta’lim imkoniyatlari ham tahlil etiladi. Shu bilan birga,  ta’limni  tashkil etish shakllarini tanlashda didaktik tamoyillar, pedagogik maqsadlar hamda  o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tiladi. Umuman  olganda,  ushbu maqola ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘qitish jarayonining samaradorligini  oshirish va  o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim nazariy  va amaliy  ahamiyatga ega.

Author Biography

  • Nomozova Zarina

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
    Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Published

2025-11-21

How to Cite

TA’LIM TURLARI VA TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI. (2025). KONFERENSIYA, 1(1), 105-112. https://journalss.org/index.php/conf/article/view/5937