LOYIHAVIY YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING DEONTOLOGIK MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI
Keywords:
deontologik madaniyat, loyihaviy yondashuv, kasbiy-axloqiy tarbiya, pedagogik mexanizmlar, talabalar, oliy ta'lim, kompetensiyaviy yondashuv, axloqiy qadriyatlar, pedagogik sharoitlar, axloqiy mas'uliyat, pedagogik faoliyat.Abstract
Maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning deontologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda loyihaviy yondashuvning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan, loyihaviy faoliyat orqali bo'lajak mutaxassislarda kasb-hunar axloqi tamoyillarini singdirishning innovatsion usullari ko'rib chiqilgan. Xorijiy tajriba va xalqaro amaliyot o‘rganilgan holda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi sharoitida deontologik madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Maqolada ta’lim jarayonida amaliy loyihalar va interaktiv usullardan foydalanishning talabalarning professional va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘satilgan. Tadqiqot natijalari loyihaviy yondashuvning talabalarning kasbiy-axloqiy bilimlarini, ko‘nikmalarini va qadriyatlar tizimini rivojlantirishda samaradorligini tasdiqlaydi.