MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
Maktabgacha yosh, aqliy rivojlanish, kognitiv nazariya, Vygotskiy nazariyasi, yaqin rivojlanish zonasi, Piage nazariyasi, tafakkur, bilish jarayonlari, aqliy tarbiya.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanish jarayonining nazariy asoslari, tadqiqotda bolalarning bilish, anglash faoliyatini shakllantirishda psixologik, pedagogik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi. Aqliy rivojlanishning mazmuni, bosqichlari hamda ularni rivojlantirishda o‘yin, mashg‘ulot va tajribaviy faoliyatlarning ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida bolalarning tafakkuri, xotirasi, diqqati, e’tibori, idroki hamda nutqini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or g‘oyalar tahlil etilgan. Maqolada bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi didaktik yondashuvlar, pedagogik shart-sharoitlar va samarali metodlar nazariy jihatdan asoslab beriladi. Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning aqliy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.