MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA ERTAKLAR ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISH
Keywords:
qahramon, axloq, odob, ertak, bola, ezgulik, yovuzlik, ong, rivojlanish,Abstract
Ertak – xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri, to‘qima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Ertak hayot haqiqatining hayotiy va xayoliy uydirmalar asosida tasvirlangan tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyib-g‘aroyib holatlarda kechishi qahramonlarning g‘ayri tabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertak janri obrazlar talqini g‘oyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi uydirmalarning o‘rni va vazifasi, tili va uslubiga ko‘ra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar sehri ertaklar, maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo‘linadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida samarali ta‘lim muhitini yaratish bolalarning kognitiv, ijtimoiy, hissiy va jismoniy rivojlanishini ta'minlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi.